Ma’suliyatli moliyalar - Moliyaviy o‘qitish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy xizmatlarni ma’suliyatli taklif etish
Loyihamizga bir nazar
Loyiha maqsadi “ma’suliyatli moliyalar” ni uchta komponent vositasida qo‘llab- quvvatlash: moliyaviy ta’lim, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy xizmatlarni ma’suliyatli taklif etish. Bu ma’suliyat bilan moliyaviy xizmatlarni taklif etish va ulardan foydalanish uchun asos bo‘ladi. Quyida ko‘rsatilganlar bu uchta komponentlarning birgalikdagi ishini ifoda qiladi:
Past va o‘rta daromat oladigan aholi qatlamlari uchun iqtisodiy va moliyaviy savodxonlik
Moliyaviy xizmatlardan samarali foydalanish uchun mahalliy xamkorlar bilan birgalikda zarur bo‘lgan moliyaviy xizmatlarning potensial mijozlariga bilim va ko‘nikmalar ulashiladi. Bu maqsadga moliyaviy savodxonlikni oshirish va oshkoralikni ta’minlash tadbirlari xizmat qiladi. Ayniqsa, iste’molchilarga o‘ylamasdan kredit olishning xavf-xatarlarini tushuntirish kerak.
Moliyaviy xizmatlarning ma’suliyatli taklifi
Bir paytning o‘zida moliyaviy institutlar o‘ziga xos bo‘lgan omonat mahsulotlarini taklif qilish uchun zarur imkoniyatlarni izlashlari kerak. Banklar daromadi past yoki o‘rta bo‘lgan omonatchilarga muvofiq bo‘lgan mahsulotlarini taklif qila olishlari kerak bo‘ladi. Banklar past miqdordagi omonatlarni iqtisodiy samarali qilib qabul qilishni o‘rganishlari kerak.
Iste’molchilarni ximoya qilish
Bu paytda biz iste’molchilarni ximoya qilish soxasidagi savodxonlikni oshirish ustida ish olib boramiz. Bunga banklardagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish qonun-qoidalarini qo‘llashni yanada rivojlantirish ham kiradi. Bu tadbirlar aholining O‘zbekistonning moliyaviy sektorga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Shu naqtai nazardan, aholining mumkin bo‘lgan ortiqcha qarzdorligini oldini olish jixati ham muxim axamiyatga ega. Axolining bank tizimiga o‘sayotgan ishonchi xar bir mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga muxim talab xisoblanadi.